1 dekabrdan jarima ballarini hisoblash sinov tariqasida ishga tushiriladi
Jamiyat
−
29 noyabr 2022
6722Joriy yilning 1 dekabridan haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzarliklar avtomatik tarzda dasturiy ta’minotda qayd etib boriladi. Test rejimida ishlagan vaqtda tizimdagi hamda sodir etilgan qoidabuzarliklardagi barcha xato va kamchiliklar bosqichma-bosqich aniqlanadi. Shuningdek, xatolar bartaraf etilib, takomillashtirilib boriladi.
Aholidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarning oldini olish maqsadida test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.
Dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilganidan so‘ng ishga tushiriladi. Shundan so‘ng haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.
Avvalroq joriy yilning 1 dekabridan qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari hisoblash tartibi kuchga kirishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi