1 apreldan boshlab chiqindi xizmatlari narxiga QQS qo‘shiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprelidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq to‘lash bekor qilinadi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.

Mazkur tartibni joriy etilishi bo‘yicha mas’ul soliq organlarining tushuntirishiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Ushbu  o‘zgartirish aholi va tadbirkorlar uchun birdek amal qiladi.

Amaldagi xizmat narxi  4000 so‘m. Ushbu qiymatga 1 apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo‘shiladigan qiymat solig‘i bilan hisoblanganda jami xizmat narxi  4480 so‘mga oshadi.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda chiqindini olib chiqib ketish narxi oshgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing