“1,5 trln dollar bera olasizmi?”. Tramp “qora shahzoda”dan yana pul so‘radi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 19 noyabr kuni Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan investitsiyalar miqdorini 1,5 trillion dollargacha oshirishni taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy rahbari AQSH–Saudiya Arabistoni investitsiya forumidagi nutqi davomida aytib o‘tdi. 

Trampning aytishicha, u Saudiya shahzodasidan yanada ko‘proq pul so‘ragan. 

“Biz suratga tushayotganimizda men unga: “Investitsiyalarni 1,5 trillion dollargacha oshira olasizmi?”, dedim. Uning esa o‘ylab ko‘radigan narsalari bor”, degan AQSH Prezidenti. 

Prezident shahzodadan qanday javob olganini oshkor qilmagan, biroq AQSH bu borada “nimadir olishiga” umid bildirgan.

Bundan oldinroq Tramp bin Salmon bilan uchrashuvda Saudiya Arabistoni AQSHga 600 milliard dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘lgani va bu summa 1 trillion dollargacha oshishi mumkinligini aytgan edi. Tramp, shuningdek, AQSH Saudiya Arabistoniga yangi avlod mikrochiplarini yetkazish uchun ruxsatnoma berish ustida ishlayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni Oq uyda Tramp va bin Salmon ikki davlat o‘rtasida 80 yildan beri davom etib kelayotgan mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda Yaqin Sharqni tiyib turish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan kelishuvni imzolagan. Bu bitimlar AQSHning mintaqaviy xavfsizlikdagi kafolat beruvchi rolini kuchaytirishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing