Tramp maqsadiga yetdi

Olam

image

Kecha, 26 oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati Emi Koni Barrettni Oliy sud sudyasi lavozimiga tasdiqladi

Barrettga 52 ta senator ovoz bergan, 48 nafari qarshi chiqqan. U vafot etgan liberal sudya Rut Ginzburgning o‘rnini egallagan.

Sudga oltita respublikachi va uchta liberal sudya tayinlanadi. Barrett amaldagi davlat rahbari Donald Tramp tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi Oliy sud sudyasi bo‘lgan.

Ta’kidlanganidek, prezidentlik saylovlaridan oldin Trampning nomzodi tasdiqlanishi uning kichik bir g‘alabasi bo‘lgan. 

Emi Koni Barrettning qasamyodi jarayonida Tramp "bugungi kun tarixiy"ligini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Barrett – Viskonsin, Illinoys va Indiana shtatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadigan AQSH Apellyatsiya sudining yettinchi okrugi sudyasi. U o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan. Diniga ko‘ra, Barrett – katolik. U 48 yoshda. Barrett AQSH Oliy sudi hozirgi tarkibining eng yosh a’zosiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 29 sentyabr kuni rasman Emi Koni Barrett nomzodini AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. 

Lavozimning avvalgi egasi 87 yoshli Rut Beyder Ginzburg 18 sentyabr kuni vafot etgandi. Keksa sudyaning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

emi koni barret

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar