“Bavariya” PSJni mag‘lub etib, 6-bor YeCHL g‘olibi bo‘ldi
Sport
−
24 avgust 2020
6949Kecha, 23 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 24 avgust) Yevropa Chempionlar ligasining finalida “Bavariya” va PSJ kuch sinashdi. O‘yin nemislarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Final bahsi Portugaliya poytaxti Lissabon shahridagi “Eshtadiu da Lush” stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yin keskin kurashlar ostida o‘tdi. Kingsli Komanning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi va myunhenliklar musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Shu tariqa “Bavariya” o‘z tarixida 6-marta Chempionlar ligasida zafar quchdi.
YeCHL, final
PSJ – Bavariya 0:1
Gol: Koman (59).
PSJ – Navas, Kimpembe, Kerer, Silva, Errera (Draksler, 72), Paredes (Verratti, 65), Di Mariya (Shupo-Moting, 80) , Bernat (Kurzava, 80), Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Alkantara (Tolisso, 86), Koman (Perishich, 68), Gnabri (Koutino, 68), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Devis (28), Paredes (52), Gnabri (52), Zyule (56), Neymar (81), Silva (83), Kurzava (86), Myuller (90+4).