Dembelening qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08 aprel 2019 4745 1 daqiqa
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.
Futbolchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. Ispaniya chempionatining o‘tgan turida “Atletiko”ga qarshi o‘yindan oldin maydonga qaytishi taxmin etilgan edi. Ammo “Barselona” ustozi tavakkal qilishni xohlamay uning o‘rniga Koutinoni maydonga tushirgan edi.
Bu mavsumda 21 yoshli fransuz futbolchisi kataloniyaliklar safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 10 aprel kuni safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi to‘p suradi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr