Hududlar muayyan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
Jamiyat
−
12 may 2020
5624O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, respublika hududlari bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Mazkur ishlarini samarali tashkil etish maqsadida eksperiment tariqasida 2020-2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Qaror bilan Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.
Suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.
LiveBarchasi