Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Jamiyat

image

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Sirdaryoda yuz bergan favqulodda hodisa sabab o‘z hamdardlik maktubini yo‘lladi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bolaligim va yoshlik yillarim o‘tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo‘lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og‘riq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Ollohning o‘zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g‘amxo‘rlik qilishimiz va ko‘mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g‘am-tashvish tushganda ham, bir-birmizni yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko‘rsatish uchun 10 million dollar berayapman.

Men xalqimizning duolariga qo‘shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Allohdan so‘rab qolaman”, deyiladi xatda.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni yorilishi natijasida yuz bergan suv toshqini natijasida jabr ko‘rgan oilalarga yordam bo‘lishi uchun 15 mln dollar xayriya qildi. Pullarning 10 mln dollari o‘zbekistonliklarga, 5 mln dollari toshqindan zarar ko‘rgan Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani aholisiga ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

2580

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing