O‘zbekiston va AQSH: koronavirus bo‘yicha analogiya nimada?

Tahlil

image
Turkiy Kengashga a’zo davlatlarda ahvol qanday? O‘zbekiston qaysi o‘rinda bormoqda? north_east

Turkiy Kengashga a’zo davlatlarda ahvol qanday? O‘zbekiston qaysi o‘rinda bormoqda?

Dunyo miqyosida koronavirusga chalingan bemorlar 2 milliondan oshib, ayni vaqtda 2 016 020 ni tashkil etayotgan bo‘lsa, ushbu xastalikdan sog‘ayganlar bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar ham kishini quvontiradi. Ayni vaqtga qadar koronavirusni yengib o‘tganlar yarim milliondan ortib, 504 254 nafarga yetdi. 

Sog‘ayish bilan bog‘liq eng yuqori ko‘rsatkichga Xitoy egalik qilmoqda. Mamlakatda 83 356 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan bo‘lsa, ulardan 78 311 nafari yoki 93,3 foizi sog‘aydi. 3 346 kishi vafot etdi. Ayni vaqtda Xitoyda mavjud bemorlar 1 699 nafarni tashkil etmoqda. 

Eronda kasallik qanchalik tez sur’atlarda tarqalgan bo‘lsa, sog‘ayish ham shunga monand bo‘ldi. Mamlakatda koronavirusga chalingan 76 389 kishining 49 933 nafari yoki 65,5 foizi sog‘aydi. 4 777 kishi vafot etdi. Mavjud bemorlar 21 679 kishi.

Keyingi o‘rinni Yevropa mamlakatlari orasida Germaniya egallab kelmoqda. Mamlakatda 133 154 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan bo‘lsa, ularning 54,5 fioizi yoki 72 600 nafari sog‘aydi. 3 592 bemor vafot etdi. Ayni vaqtda mamlakatda 56 962 kishi bemor sifatida ro‘yxatga olingan. 

Keyingi o‘rinni esa Ispaniya zabt etmoqda. Mamlakatda virus bilan kasallanish 177 633 taga yetdi. Bemorlarning 70 853 nafari yoki 39,8 foizi sog‘aydi. 18 579 kishi ushbu virusdan vafot etdi. Ayni vaqtda mavjud bemorlar 88 201 kishini tashkil etmoqda. 

Fransiyada esa koronavirusga chalingan 131 365 nafar bemordan 31 273 nafari yoki 23,8 foizi sog‘aydi. Mamlakatda 15 750 kishi koronavirusdan vafot etdi. Ayni vaqtda bemorlar 84 342 nafar. 

Italiyada esa 165 155 nafar bemordan 38 092 nafari yoki umumiy kasallanganlarning 23 foizi sog‘aygan. O‘lim ko‘rsatkichi esa 21 645 taga yetdi. Mamlakatda mavjud bemorlar 105 418 nafarni tashkil etmoqda.

AQSH qo‘lga kiritgan natijani kasallanganlar soniga nisbatan yuqori deyish qiyin. Ammo, qanday bo‘lishidan qat’i nazar mamlakatda 50 107 kishi sog‘aygan. Bu umumiy kasallanganlarning bor-yo‘g‘i 8,1 foizini tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 613 187 ta holat qayd etilgan. Ulardan 26 950 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar esa 536 130 nafar.

O‘zbekiston va AQSHning koronavirus borasida o‘xshash jihatlari ham aynan sog‘ayish foizlari bilan bog‘liq. O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar 1 302 nafarga yetdi. Ulardan 107 nafari yoki 8,2 foizi sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi. Mamlakatda bemorlar soni 1 191 nafarni tashkil etmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

379

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing