Mirziyoyev va Rahmon epidemiologik vaziyat yuzasidan fikr almashdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat va Markaziy Osiyo mintaqasidagi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirusga qarshi samarali kurashish maqsadida muvofiqlashgan choralarni ishlab chiqish, o‘zaro ko‘maklashish, tegishli tibbiyot va boshqa aloqador xizmatlar o‘rtasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Pandemiyaning ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun oldindan chora ko‘rish lozimligi alohida ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya va transport-kommunikatsiya sohalari, shuningdek, hududlararo hamkorlik, shu jumladan poytaxt shaharlar Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi almashinuvlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi.

Suhbatda O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik ayrim dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordam yubordi. Tojikistonda bugungacha koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing