Sitsiliyada mafiyaga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi

Olam

image

Bugun, 15 yanvar kuni Sitsiliyada mafiyaga qarshi yirik qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazildi. Bu Yevropa Ittifoqining fermerlarga ajratgan yirik miqdordagi mablag‘ini o‘g‘irlangani fonida amalga oshirilgan.

Italiya prokuraturasining xabar berishicha, Messina shahrida o‘tkazilgan reyd vaqtida 94 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida ikki mafiya sulolasi rahbarlari, notarius, tadbirkorlar va fermerlar pul mablag‘larini olishi uchun mas’ul davlat xizmatchilari bo‘lgan.

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, yuzlab firibgarlik operatsiyalarini amalga oshirib kelishgan. Ular YeI fondidan taxminan 10 million yevro miqdoridagi mablag‘larni o‘g‘irlashgan.

“Mahalliy aholi vakillari esa mafiyachilarning ushbu harakatlariga rozi bo‘lishdan boshqa ilojlari qolmagan”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing