Putin Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi tushib ketganini tanqid qildi

Olam

image

Bugun, 15 yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisda murojaat yo‘lladi. Ushbu yig‘ilishda Federal Kengash a’zolari, Davlat dumasining deputatlari, hukumat a’zolari, Konstitutsion va Yuqori sud rahbarlari, gubernatorlik korpusi, jamoat arboblari, mamlakatdagi yirik OAV rahbarlari singari 1300 ga yaqin kishi ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, davlat rahbari kelgusi yil uchun mamlakatni ichki va tashqi siyosatda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘zladi.

“Federal Majlisga murojaat ilk bor yil boshida e’lon qilinmoqda. Biz mamlakat oldida turgan keng ko‘lamli ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik muammolarni zudlik bilan hal qilishimiz kerak”, - dedi Putin murojaatiga kirish qilar ekan.   

Prezident mamlakatdagi demografiya muammosiga to‘xtalib o‘tdi. U “munosib turmush tarzi” haqida gapirar ekan, Rossiyada ayni damda 147 million aholi istiqomat qilayotgani, ammo og‘ir demografik davrni boshdan o‘tkazayotganini ta’kidladi.

“Tug‘ilish soni yana pasaymoqda. 2019 yilda tug‘ilish sonining umumiy darajasi 1,5 ga teng. Bu esa bizning mamlakatimiz uchun yetarli emas. Kelgusi o‘n yillikning o‘rtalariga kelib, Rossiya demografiyaning barqaror o‘sishiga erishish kerak. 2024 yilga kelib, natija 1,7 koeffitsiyentni ko‘rsatishi lozim”, - dedi Vladimir Putin.  

Ma’lumot o‘rnida: Prezident yiliga bir marta mamlakatdagi vaziyat, ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Federal Majlisga murojaat qiladi. Murojaat siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy holat mavzularini, shuningdek, parlamentning har ikkala palatasiga qonun ijodkorligi bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

114

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing