Qaysi futbolchi eng ko‘p pul topadi?

Sport

image

France Football nashri tomonidan eng ko‘p daromad topadigan futbolchilar reytingi tuzib chiqildi. Reytingni tuzishda maosh, bonus va boshqa daromadlar ham hisobga olingan.

Reytingning birinchi pog‘onasini yiliga 130 mln yevro ishlab topadigan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi band qilgan. Ikkinchi o‘rinni bo‘lsa, uning azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu egallagan. “Yuventus” forvardining yillik daromadi 113 mln yevroni tashkil qiladi.

Kuchli uchlikni esa PSJ hujumchisi Neymar 91,5 mln yevro bilan yakunlab bergan. Top beshlikdan Antuan Grizmann (“Atletiko M”, 44 mln yevro) va Garet Beyl (“Real”, 40,2 mln yevro) ham o‘rin egalladi.

Qo‘shimcha qilish zarur, futbolchilarning umumiy daromidida soliq to‘lovlari hisobga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing