O‘zbekiston elchisi Prezidentga ishonch yorlig‘ini topshirdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 noyabr kuni Riga qal’asida O‘zbekiston Respublikasining elchisi Qadambay Sultonov Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levitsga ishonch yorliqlarini topshirdi

Marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Prezident Levits Latviya   Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda jadal amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan va Riga Toshkentning islohchilik sa’y-harakatlariga bundan keyin ham ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning kun tartibi, mintaqaviy va xalqaro ko‘p tomonlama tuzilmalar, jumladan Yevropa Ittifoqi, BMT doirasidagi aloqalarning ko‘plab masalalari va Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.  

Suhbat davomida xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ta’kidlangan. 

Uchrashuvda Latviya Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Solveyga Silkalna ham ishtirok etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qadamboy Sultonov

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar