Xurshid Tojiboyev Qozog‘istonda g‘alaba qildi
Sport
−
13 Oktabr 2019
4559Kecha, 12 oktyabr kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida o‘tkazilgan jang kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Xurshid Tojiboyev ringga ko‘tarildi.
Xurshidning professional boksdagi uchinchi jangida filippinlik Ivor Lastrilya unga raqib bo‘ldi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘rt raund davom etdi. Ketma-ket zarbalar o‘tkazib yuborgan filippinlik bokschi to‘rtinchi raund yakunlangach jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Xurshid professional boksdagi uchinchi jangida uchinchi g‘alabasini (2 ta nokaut) qo‘lga kiritdi.
Ivor Lastrilya esa shu kungacha 19 ta jang o‘tkazib, ularning 11 tasida g‘alaba qozongandi (6 ta nokaut). Xurshidga qarshi jangda u faoliyatidagi 8-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (2 nokaut). Yana bitta jangda esa durang qayd etgan.
LiveBarchasi