Sobiq UFC chempioni tashkilotdan haydaldi
Sport
−
27 Sentabr 2019
4054Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Bi Jey Penn tashkilotdan haydaldi.
Tashkilot Prezidenti Dana Uayt Penn va UFC o‘rtasida imzolangan shartnomani bekor qilgan. Bunga Bi Jeyning so‘nggi paytlarda qovoqxonalar oldida janjal va mushtlashuvlarni yuzaga keltirayotgani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Penning bunday tushkun holatga tushib qolishiga oxirgi 7 ta jangida ketma-ket mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgani ham zamin yaratgan. U so‘nggi bor 2010 yilda g‘alaba qozongan edi.
Shunday bo‘lsa-da, Bi Jey UFC tarixidagi eng omadli yengil vazn toifasi jangchisi sifatida e’tirof etiladi. U yengil va yarim yengil vaznlarda UFC chempion bo‘la olgan.
Ma’lumot uchun, 1978 yilda tug‘ilgan Bi Jey Penn qora kamar olgan, djiu-djitsu bo‘yicha jahon chempionatining birinchi braziliyalik bo‘lmagan g‘olibi sanaladi.
Penn dunyodagi eng qobiliyatli aralash jang san’ati jangchilaridan biri hisoblanadi; u vazn toifasidan qat’i nazar har qanday raqibga qarshi jangga tayyorligi va juda moslashuvchanligi bilan tanilgan.
LiveBarchasi