Lola Karimova Gulnoraga hamdardligini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova o‘zining Instagram’dagi sahifasida opasi Gulnora Karimovaning taqdiriga oid savolga javob yozdi. 

Kuzatuvchilardan biri, Lola Karimovaning posti ostida qoldirilgan kommentlarning birida quyidagicha savol bergan: "G‘alati savolim uchun kechirasiz. Opangizga achinmaysizmi?".

Lola Karimova bunga javoban, opasining taqdiriga hamdard ekanini yozgan: "Men uning taqdiriga hamdardman. Uning ozod qilinishi masalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmayman. Shubhasiz, bu mening xohishimga emas, balki sud tizimiga bog‘liq... Men opam uchun faqat duo qila olaman".Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19  avgustida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Lola Karimiova

Baholaganlar

584

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing