Deputat TDYUUga rektor bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2019
7815O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Rahimjon Hakimov 1983 yilda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Namangan davlat universitetini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
Rahimjon Hakimov shu kunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi hamda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ayni paytda Adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.
LiveBarchasi