Olmaliq shahri kompleks rivojlantiriladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bo‘ysunuvidagi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son farmoni bilan yuklatilgan aniq vazifalar ijrosini ta’minlash uchun Olmaliq shahrida 2020-2022 yillarda bajariladigan asosiy tadbirlar belgilandi:

•    birinchidan, Olmaliq shahrining Bosh rejasini tanqidiy o‘rganib, yo‘l-transport infratuzilmasi, shoh ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar qurilishi, parklar, bulvarlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma ob’ektlari va sanoat zonalarini joylashtirish masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda ko‘rib chiqib, takliflarni tayyorlash hamda yaqin 3-5 yillik shaharsozlik vazifalarini belgilab olish;

•    arxitekturaviy qiyofani zamonaviylashtirish, ko‘p qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatishni joriy etish; 

•    muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan ichimlik suvi va suv oqava tizimlarini qaytadan qurish, avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, shahar ko‘chalaridagi massivlarda tungi yoritish tizimlarini yangidan zamonaviy holatga keltirish;

•    ichki va shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportlarining yangi yo‘nalishlarini tashkil etib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish;

•    transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi xususiy korxonalar tashkil etib, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali zamonaviy jamoat transport vositalarini xarid qilish;

•    ikkinchidan, shaharda ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni o‘tqazish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;

•    bunda, mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun shaharlarda ochiq va yopiq yer osti sug‘orish tizimlarini barpo etib, irrigatsiya tarmoqlarini bugungi kun talabida qayta tiklash;

•    uchinchidan, ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, hududlarini obodonlashtirish, jihozlarini yangilash, mutaxassislarni malakasini va xizmat madaniyatini oshirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini keskin oshirib, bu sohada xususiy sektor ulushi ko‘paytirish;

•    zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;

•    xotin-qizlarni turli kasblarga o‘rgatish hamda qizlarni hayot maktabiga tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv markazlari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish;

•    to‘rtinchidan, aholining ma’naviyati va madaniyatini o‘stirish bilan aloqador tizimli tadbirlarni amalga oshirish, xususan qarovsiz qolgan va zarur darajada foydalanilmay turgan madaniyat va san’at saroylarini yangidan ta’mirlab, soha uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash;  

•    beshinchidan, o‘sib kelayotgan yoshlarni sportga keng jalb etish uchun davlat umumta’lim maktablarida samarasiz foydalanilayotgan sport maydonlarida, sport zallarida davlat sherikchilik va boshqa asoslarda tashabbuskorlar, Yoshlar ittifoqi, Sport vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarni, shuningdek o‘rta yoshdagi aholini sportga jalb etish;

•    oltinchidan, shaharlar ichidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, aholi ko‘ngil ochar maskanlarini, sayilgohlarni barpo etish;

•    ko‘p qavatli uylar orasida sun’iy qoplamali futbol, basketbol maydonlari va maydonchalari, bolalar maydonchalari barpo etish hamda dam olish, hordiq chiqarish o‘rindiqlarini o‘rnatish;

•    yettinchidan, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy parklar barpo etilib, ularda zamonaviy ko‘ngil ochar xizmat ko‘rsatish turlari tashkil etish;

•    sakkizinchidan, aholining ish bilan bandligini oshirish hamda ishsizlik darajasini so‘nggi 3 yilda 5 foiz darajagacha pasaytirish maqsadida, tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini jadal rivojlantirish;

•    sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmini keskin oshirish, mahalliy xom-ashyodan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali shahar iqtisodiyotiga valyuta tushumini ko‘paytirish borasida samarali ishlarni tashkil etish;

•    mavjud kichik sanoat zonalari ishtirokchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, yangi hududlarda istiqbolli loyihalarni joylashtirish yo‘li bilan sanoat zonalarini tashkil etish;

•    to‘qqizinchidan, soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy byudjetga daromadlar tushumini keskin oshirish.
Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi Respublika bo‘ysunuvidagi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari;

•    sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks rivojlantirish, sanoat mahsulotlari, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari, xususan ayollar uchun ish o‘rinlarini yaratish, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan bino-inshootlardan, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mahalliy byudjet daromadlarini oshirish tadbirlari;

•    muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;

•    maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini moddiy-texnik ta’minotini yuqori darajaga ko‘tarish, ushbu sohalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda qamrovi darajasini keskin oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asos yaratuvchi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma’rifat bo‘yicha kompleks tadbirlar;

•    obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, shahar aholisiga munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha kompleks tadbirlar;

•    ko‘p qavatli o‘y-joylarni boshqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini tubdan oshirish, obodonlashtirish hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar.

•    Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.
 

Respublika ishchi guruhi (R.Jalilov):

tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga amalga oshirilishini tahlil qilib boradi va muvofiqlashtiradi;
muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rganib boradi va ularni hal etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni ko‘radi;
zaruriyat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.

Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligining ilg‘or rivojlangan davlatlar tajribalari asosida xorijiy investorlarni jalb etgan holda Olmaliq shahridagi “Quruvchilar” nomli madaniyat va istirohat bog‘i (9,8 ga) negizida zamonaviy istirohat bog‘i barpo etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
 

“Olmaliq KMK” AJning:

•    shaharda ekologik vaziyatni yumshatish va yaxshilash maqsadida “Kimyogar”, “So‘fi Olloyor”, “Oydin”, “A.Qahhor”, “Bobur”, “Mustaqillik”, “Kamalak”, “Furqat”, “A.Yassaviy”, “Koinot” mahallalarida markazlashgan magistral sug‘orish tizimini yaratish, maydonlar, xiyobonlar va yo‘llar chetidagi hamda ko‘p qavatli uylar oldidagi maydonlarda “yashil maydon” tashkil etish, ko‘p yillik manzarali ko‘chat, daraxt va gullar ekish, maysazor va daraxtzorlarni sug‘orish uchun yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yaratish, ko‘chalar bo‘yidagi, xiyobonlar va istirohat bog‘lari hududida mavjud irrigatsiya tarmoqlari tizimini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, ko‘chalar, xiyobonlar va istirohat bog‘lari hududiga zamonaviy energiyatejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish to‘g‘risidagi;

•    shahar aholisini uzluksiz issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida “Issiqlik manbai” ICHBni o‘z tasarrufiga olish to‘g‘risidagi;

“Yoshlik” koni o‘zlashtirish munosabati bilan “Kalmoqir” mahallasidagi 946 ta hamda kombinat chiqindilari tashlanadigan hududga yaqin joylashgan “Do‘stlik”, “U.Nosir” mahallalardagi 23 ta xonadon egalarini xavfsiz hududga ko‘chirish yoki uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

 “Ammofos-Maksam” AJning shaharda ekologik vaziyatni yumshatish va yaxshilash maqsadida “Oydin”, Ko‘rpasoy”, “S.Olloyor” mahallalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jumladan markazlashgan magistral sug‘orish tizimini yaratish, maydonlar, xiyobonlar va yo‘llar chetidagi hamda ko‘p qavatli uylar oldidagi maydonlarda “yashil maydon” tashkil etish, ko‘p yillik manzarali ko‘chat, daraxt va gullar ekish, maysazor va daraxtzorlarni sug‘orish uchun yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yaratish, ko‘chalar bo‘yidagi, xiyobonlar va istirohat bog‘lari hududida mavjud irrigatsiya tarmoqlari tizimini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, ko‘chalar xiyobonlar va istirohat bog‘lari hududiga zamonaviy energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Olmaliq shahridagi sobiq sil kasalliklari shifoxonasi binosida hindistonlik xorijiy investorlar (AKASH va MANIPAL HOSPITAL) tomonidan ko‘p tarmoqli markaziy klinika tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi Olmaliq shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalardagi maydonlarda manzarali-havoni tozalovchi, kislorod beruvchi daraxtlarni o‘tqazish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqib tasdiqlangan sxema asosida shaharni sug‘orish tizimini barpo etish uchun 2020-2022 yillarda investitsiya dasturi doirasida zarur mablag‘larni ajratilishini ta’minlaydi.

Toshkent viloyati hokimligi Olmaliq shahri sug‘orish tizimini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va loyiha-smeta hujjatlari asosida Investitsiya dasturiga kiritgan holda moliyalashtirish hamda ijroga qaratilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq kompleks

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing