Nasos stansiyasida devor qulab, odamlarni bosib qoldi
Olam
−
28 avgust 2019
6861Bugun, 28 avgust kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida nasos stansiyasi binosi hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari vaqtida devor quladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Binoning egasi hisoblangan “Sibirskoy generiruyuey kompanii” energetika xoldingi vayronalar ostida besh kishi qolayotganini ma’lum qildi.
Novosibirsk meri Anatoliy Lokot ikki kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Vayronalar maydoni 350 kv m.ni tashkil qilgan. Devor qulashiga qurilish vaqtida talablarning buzilgani sabab bo‘lishi mumkin.
Voqea joyida 120 nafar qutqaruvchi va kamida 20 ta texnika ishlayapti. Favqulodda vaziyat yuz bergan stansiyaga beshta tez tibbiy yordam mashinasi yo‘naltirilgan.
Tergov qo‘mitasi “Qurilish ishlari vaqtida xavfsizlik qoidalarining buzilishi” moddasi bilan jinoyat ishi ochib, surishtiruv boshlagan.
O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Yusuf Qobiljonov voqea joyiga yetib borgan. U vayronalar ostida o‘zbekistonliklar qolib ketgani haqidagi OAVda tarqalgan xabarlarni rad qilgan.
LiveBarchasi