Rossiyadan O‘zbekistonga radioaktiv bulut keldimi?

Olam

Taqiqlangan yadroviy sinovlar tashkiloti ekspertlari radionuklidlar buluti O‘zbekistonga ham yetib kelgan deb, hisoblayapti.

Dubna va Kirovdagi radiatsiyani monitoring qilish markazlari Severodvindagi yadro markazida yuz bergan portlashdan ikki kun keyin ma’lumotlar berishni to‘xtatib qo‘ygan. 

Bunga Yadro sinovlarini butkul taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha tashkilotning ijrochi kotibi Lassina Zerbo e’tibor qaratgan, deb xabar berdi BBC.

Joriy yilning 8 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Arxangel viloyati Severodvin shahri yaqinidagi poligonda suyuq reaktiv dvigatel qurilmasi sinovi vaqtida portlash bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Natijada Rossiya federal yadro markazining besh nafar xodimi vafot etdi.

Kecha, 19 avgust kuni Lassina Zerbo o‘zining Twitter`dagi sahifasida portlashdan keyin radioaktiv bulutning Rossiyaning markazi va boshqa mamlakatlarga tarqalishining taxminiy xaritasini joylashtirdi. Unda radioaktiv nur Arxangel viloyatidan janubga harakatlanib, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Qirg‘iziston, Xitoyning shimoli-sharqiy qismi, Hindistonning shimoli, Yaqin sharq mintaqasi, For ko‘rfazigacha yoyilganini ko‘rish mumkin.

“Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida Lassina Zerbo Dubna va Kirovdagi markazlardan ma’lumot kelmayotgani Yadro sinovlarini butkul taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha tashkilotni tashvishga solgan. Markazlarning sukut saqlashiga rus amaldorlari tarmoq va aloqada muammolar yuz berganini aytgan. Bu kuzatuvchilarda Rossiya halokat haqidagi ma’lumotlar tarqalishining chegaralashga urinayotgani haqida shubha uyg‘otgan.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada 8 ta radionuklid markazlari mavjud. Shulardan Severodvinga eng yaqinlari Dubna va Kirovdagi markazlar hisoblanadi. Arxangel viloyat shifoxonasida shifokorlar portlashda jabrlangan 3 kishi radiatsiya bilan zararlangani haqida ogohlantirilmagan. Shuningdek, shifoxona xodimlaridan ma’lumotlarni ochiqlamaslik bo‘yicha tilxat olingan.

Shifokorlar radiatsiya haqida ogohlantirilmagani uchun hayratda qolgan. Doktorlardan birida tekshiruvdan keyin mushak to‘qimalarida radioaktiv izotop aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya radiatsiya

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing