Eksport 7,4 mlrd dollarga yetdi. Nimalar sotildi?

Jamiyat

image

2019 yilning o‘tgan 7 oyi davomida O‘zbekistondan 7,4 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi. 

Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Botir Madrahimov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Madrahimovga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida O‘zbekistondan 700 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari hamda neft-gaz sanoati mahsulotlari, kimyo oziq-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik va boshqa bir qator mahsulotlar eksport qilingan.

Shuningdek, qarorga muvofiq 52 turdagi tayyor mahsulotlarni qo‘shni davlatlardan tashqari mamlakatlarga eksport qilayotgan eksportyorlar temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini davlat byudjetidan subsidiya shaklida qaytarib olish imkoniyati yaratildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rivojlantirish agentligi mahsulotni eksportga temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismini davlat byudjetidan kompensatsiya qilish yuzasidan vakolatli organ etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing