O‘sha vaqt ikkalasi ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi – Mirziyoyev Putin va Si Szin Pin haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi Yalpi majlisida so‘zlagan nutqida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szin Pin o‘zbeklarga tan bergani haqida esladi

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xotiralar joriy yilning 13-14 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti bilan bog‘liq

Mehmonlarga Markaziy Osiyo mintaqasi qo‘shiq va raqslari, shuningdek, o‘zbek taronalari kiritilgan konsert dasturi taqdim etilgach, ziyofat davomida Rossiya Prezidenti Mirziyoyevga o‘zbek kuy-qo‘shiqlari unda juda katta taassurot qoldirganini ma’lum qilgan.

“Shavkat Miromonovich, men ehtimol tushunmasman, lekin o‘zbek kuy-qo‘shiqlari, milliy liboslaringiz – mana buni tarix desa bo‘ladi”, deb aytgan.

Davrada o‘tirgan Xitoy rahbari Si Szin Pin ham Putinning gapini ma’qullagan holda “O‘zbek madaniyatini hech qaysi millatnikiga taqqoslab bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan.

Mirziyoyev Senat majlisi ishtirokchilariga o‘zbek millati haqida yaxshi gaplarni eshitish rahbar uchun naqadar maroqli ekanini bildirdi va “O‘sha vaqt ikkalasi ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin Pin

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made