Mirziyoyevning nabiralari: biri musiqachi, ikkinchisi rassom

Jamiyat

61013297_373822820006731_9123629281195327488_n

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida farzandlari haqida ma’lumot berdi.

Saida Mirziyoyeva qizi Saodatning pianino chalayotgandagi suratini, o‘g‘li Miromonning esa “Troya” kartinasini Facebook'dagi sahifasiga joyladi.

“Dam olish kunlari barchaga xayrli bo‘lsin!  Qolaversa, nafaqat navbatdagi hafta, balki butun bir o‘quv yili yakuniga yetmoqda. Bu shunday bir davrki, farzandlarimiz naqadar qiziquvchan, asosiysi, ulg‘ayib borayotgani tobora ayon bo‘ladi. O‘g‘ling trigonometrik funksiyalar va geometrik progressiyalarni osonlik bilan yechayotgani, rasmlari esa asta-sekin haqiqiy kartinalarga aylanayotganini sezasan.

Qizing esa musiqa darslarida Betxovenning “Elizaga” asarini yodlayotgani, o‘zbek, ingliz va rus tiliga qo‘shimcha ravishda fransuz tilini ham o‘rganishni istayotganini tushunasan.

Nega farzandlarimiz muvaffaqiyatlaridan o‘z yutuqlarimizdan ham ortiq faxrlanamiz, ularning kichik g‘alabalaridan xursand bo‘lamiz? Ehtimol, inson baxtli kelajakka inonishi uchundir. Shu ishonchning eng mustahkam poydevori esa bizning odobli va bilimli farzandlarimizdir!

Farzandlaringizchi, o‘quv yili yakunida ular sizni nima bilan xursand qildi?”, deb o‘z fikrlarini qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

334

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing