O‘zbekiston “svet” va gazni import qilishga majbur bo‘lmoqda – Energetika vaziri
Jamiyat
−
11 Sentabr 2023
11822O‘zbekiston o‘z konlaridagi gazning 85 foizidan foydalanib bo‘lgani sababli chet mamlakatlardan elektr energiyasi va tabiiy gazni import qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda elektr energiyasi iste’molchilari soni 6 mln 695 ming 539 ta bo‘lib, shundan 6 mln 408 ming 541 ta aholi, 286 ming 998 ta yuridik shaxslar bo‘lgan.
2023 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, 7 mln 987 ming 86 ta abonent bor va shundan, 7 mln 566 ming 449 tasi aholi, 420 ming 637 tasi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. 2023 yilga kelib, yuridik shaxslar iste’mol qilayotgan elektr energiyasi ikki barobarga oshgan.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 25 iyul holatiga jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlarning qariyb 75 foizi oyiga 200 kV-soatgacha elektr ishlatgan. Qolgan abonentlarning:
- 9,7 foizi 300 kVt-soatgacha;
- 8,3 foizi 301-500 kVt-soatgacha;
- 5,2 foizi 501-1000 kVt-soatgacha;
- 1,1 foizi 1001-2000 kVt-soatgacha;
- 0,7 foizi2001-5000 kVt-soatgacha;
- 0,1 foizi 5001-10000 kVt-soatgacha;
- 0,1 foizi 10000 kVt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlatgan.
Vazirning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududidagi 85 foiz konlar uzoq yillardan buyon ishlatib kelinishi hisobiga o‘z resursini sarflab bo‘lgan. Konlardagi qolgan gazni qazib chiqarish uchun katta hajmdagi mablag‘ talab qilinadi.
“Buning o‘rinini qoplash uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz import qilishga majbur bo‘lyapmiz. Oldinlari O‘zbekiston umuman tabiiy gaz yoki elektr energiyasini sotib olmagan. Albatta mahsulotlar bozor narxida import qilinadi va narxdagi tafovut byudjetdan ajratilgan subsidiya orqali qoplanadi”, deydi Mirzamahmudov.
Uning takidlashicha, 2017 yilda tabiiy gaz iste’molchilari soni 3 mln 298 ming 737 ta bo‘lib, shundan, 1 mln 298 ming 737 ta ko‘p qavatli uylar, 2 mln 245 ming 305 nafari hovlili uylar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, 4 mln 164 ming 656 ta iste’molchi bo‘lib, shundan 2 mln 777 ming 038 ta ko‘p qavatli uy foydalanuvchilari, 1 mln 387 ming 618 nafari hovlida istiqomat qiluvchi fuqarolar hisoblanadi.
LiveBarchasi