“Garri Potter” qahramoni Pol Grant vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Londonda “Garri Potter” filmining qismlaridan birida, shuningdek, “Yulduzlar jangi” filmida rol ijro etgan aktyor Pol Grant 56 yoshida vafot etdi. 

“The Guardian” nashrining yozishicha, 16 mart kuni aktyor London shimolidagi Kings-Kross vokzali yaqinida topilgan. Grant hushsiz edi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u hushidan ketgan. 

Ko‘p o‘tmay u shifoxonaga olib borilgan, lekin ko‘rilgan choralarga qaramay, aktyorning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. 20 mart kuni shifokorlar uning vafot etganini e’lon qildi. Aktyor ikki qizi, o‘g‘li va o‘gay o‘g‘illari, shuningdek, nabiralari bor edi. 

Aktyorning qizi Sofi Jeyn Grant “Sky News” nashriga bergan izohida uning o‘limini tasdiqlagan. 

O‘limidan uch hafta oldin aktyor vokzaldan intervyu berdi. Bu vaqtda Grant spirtli ichimlik iste’mol qilgan va spirtli ichimliklarga haddan tashqari berilib ketganini yashirmagan. Aktyor hayotidan nolidi va gonorarlarini bema’niliklarga sarflaganini tan oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Garri Potter Pol Grant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing