Mo‘g‘uliston O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda

Jamiyat

image

Mo‘g‘uliston joriy yilda O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirmoqda. Ushbu masala ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Batmunx Batsetseg uchrashuvida muhokama qilindi.Bu haqda Tashqi ishlar vaziri vaqtincha bajaruvchisi Baxtiyor Saidov Telegram’dagi sahifasida xabar berdi.

“Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg xonimni Toshkentda kutib olib, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladik. Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistonda elchixonasini ochish qarorini olqishlaymiz. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar istisnosiz barcha sohalarda ijobiy sur’at ko‘rsatmoqda”, deb yozadi Saidov.

Avvalroq Batmunx Batsetseg Mo‘g‘uliston TIV tomonidan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, diplomatik missiyalar va diplomatlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.  Shuningdek, u Mo‘g‘uliston 2023 yilda O‘zbekistonda elchixonasini ochish niyatida ekanini aytgan. Ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi tashish hajmi kichik bo‘lsada, O‘zbekiston iqtisodiy va savdo aylanmasini kengaytirish uchun muhim mintaqa sifatida belgilangan.

“O‘zbekiston mintaqada eng katta aholi va hududga ega. Savdo va transport logistikasi ham yaxshi rivojlangan. O‘zbekistonda elchixona ochish orqali Mo‘g‘uliston Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmini oshiradi”, degan edi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing