“Qirg‘iziston-O‘zbekiston” biznes-forumida 1,6 mlrd dollarlik shartnomalar tuzildi

Jamiyat

image

Bishkekda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida “Qirg‘iziston-O‘zbekiston” biznes-forumi tashkil etildi.

Biznes-forumi ochilish marosimida Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. U mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori darajada ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543,2 million dollarni tashkil etdi. 2021 yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan.

“Albatta, bu strategik hamkorlarning o‘zaro savdosi uchun chegaraviy ko‘rsatkichlar emas. Umid qilamanki, yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga yetadi”, deydi Oqilbek Japarov.

Forum yakunlari bo‘yicha kimyo, elektrotexnika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq bo‘lgan mustahkam kelishuvlar to‘plami imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing