Samarqandda Lacetti haydovchisi 4 kishini urib ketdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyatining Urgut tumanida Lacetti haydovchisi 4 nafar piyodalarni urib yubordi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 25 oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani “G‘o‘s” mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani “G‘o‘s” mahallasi yo‘nalishi bo‘yicha tezlikni me’yoridan oshirib boshqarib borib, ushbu yo‘lning qatnov qismidan piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqarolarni urib yuborgan.

Oqibatda 2 nafar piyoda og‘ir tan jaroxati olib Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan, 2 kishi tan jaroxati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing