Britaniyada havo harorati rekordi qayd etildi

Olam

image

Buyuk Britaniyada kecha, 19 iyul kuni tarixiy maksimal harorat qayd etildi. Linkolnshir grafligidagi Koningsbi shahrida havo Selsiy bo‘yicha 40,3 darajagacha qizigan.

Avvalgi milliy rekord – Selsiy bo‘yicha 38,7 daraja 2019 yil iyul oyida Kembrijda qayd etilgan edi. 2022 yilning 19 iyulida rekord birdaniga 34 ta aholi punktida o‘rnatildi, deya xabar beradi Britaniya meteoxizmati.

Haddan tashqari issiqlik tufayli London atrofida yong‘inlar kelib chiqqan Xususan, Dartford-Xitda yong‘inlar qayd etilgan. Yonida cho‘l joylashgan Darford Londondan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.

BBC News nashri haddan tashqari jaziramadan keyin Xartfordshirdagi Bedfordshir, shuningdek, Londonning o‘zida – Vennington va Kroydonda ham yong‘inlar bo‘lgani haqida xabar bergan.

20 iyul kuni meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, rekord darajadagi issiqlik to‘lqini pasayadi, biroq Buyuk Britaniyaning ko‘plab hududlarida havo harorati yilning shu kunidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan hamon yuqori bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing