FVV “O‘rikzor”dagi suv toshqiniga izoh berdi

Intervyu

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 13 iyun kuni  Toshkentning “O‘rikzor” bozori ostidan o‘tgan issiq suv quvuri yorilishi oqibatida savdo majmuasining savdo pavilonlarini suv bosdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xodimi Bekzod Hamroyev “O‘rikzor” bozorida nima uchun suv toshqini bo‘lganini QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Bugun, 13 iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJga qarashli savdo bozori hududida issiq suv quvuri yorilib, suv toshayotgani to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga Uchtepa tumanidan bitta yong‘in qutqaruv ekipaji va “Suvsoz” xizmatidan bittadan texnika, ya’ni suv tortish traktorlari hamda ishchi xodimlari avariya holatini bartaraf etishga jalb etilgan. Hodisa soat 11:50 larda K9 qozonxona tomonidan quvurlarni yuqori bosimga chidamliligini tekshirish jarayonida Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJga qarashli savdo bozori hududidan o‘tgan issiq suv quvurida sodir bo‘lgan. Natijada, bozor markaziy darvozasi oldidan yettinchi pavilon avto turargohida suv to‘plangan”, deydi Hamroyev .

QALAMPIR.UZʼga yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra, suv toshishi oqibatida jarohat olganlar yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.  

“Hamkorlikdagi xizmatlar tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yorilgan quvurda suv ta’minoti doimiy holat tartibiga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Hodisa natijasida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deydi vazirlik vakili.

Ma’lumot uchun, texnik nosozlik sababli suv yorilishi natijasida  800 kv m joyda suv toshgan va toshqin  bartaraf etilgan. Hozirda bitta mashinaga zarar yetib, ichiga suv kirgani aniqlangan. Tuman hokimi o‘rinbosari Azizbek Azimovning ma’lum qilishicha, avtomobil egasiga zarar qoplab berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'rikzor suv toshqini

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar