Ozarlar armanlardan olingan harbiy texnikalarni to‘plab, bog‘ qildi (foto+video)
Bu qiziq
−
27 may 2022
10490Ozarbayjon poytaxti Bakudagi 5 gektardan oshiq maydonda 300 dan ortiq eksponat, 150 dan ziyod texnika va tanklarni o‘zida jamlagan “Qurol aslahalar” (Harbiy o‘lja) parkida bo‘lganmisiz? Bu bog‘ boshqalaridan keskin farq qiladi. Agar u yerga bormagan bo‘lsangiz, sizda QALAMPIR.UZ bilan ushbu bog‘ga sayohat qilish imkoni bor.
QALAMPIR.UZ O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi doirasida Qorabog‘ urushidan keyin armanlardan tortib olingan harbiy texnikalar joylashtirilgan “Qurol aslahalar” (Harbiy o‘lja) bog‘ida bo‘ldi
“Qurol aslahalar” (Harbiy o‘lja) bog‘i 2020 yil ikkinchi Qorabog‘ urushida Armaniston ustidan erishilgan g‘alaba sharafiga barpo etilgan. Ma’lumki 2020 yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida 30 yildan buyon arman bosqini ostida qolayotgan Qorabog‘ yerlari uchun qurolli to‘qnashuv boshlangandi. 44 kun davom etgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida Ozarbayjon Qurolli Kuchlari muvaffaqiyatga erishdi.
Urush davomida Ozarbayjon harbiylari Armaniston tomonidan jangga kiritilgan qurol aslahalarning bir qanchasini qo‘lga oldi. Bu qurol aslahalarning umumiy qiymati 4 mlrd AQSH dollardan ortiq ekani aytiladi. Bog‘ning eng yodda qoladigan va ramziy eksponatlaridan biri – bu Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining ozod qilingan Qorabog‘da Armaniston harbiylarining avtomobillaridan olingan raqamlaridan tayyorlangan pannodir. Parkka kirishda birinchi bo‘lib raqamlardan ishlangan pannoga ko‘zingiz tushadi.
Parkda jangovar post va kazarma ham mavjud. Kazarmalar yaqinida shaxsiy tarkibni artilleriya va havo hujumlaridan himoya qilish uchun loyihalashtirilgan boshpanalar, o‘q otish poligonlari, pulemyotchilar va uzoq masofaga o‘q otish nuqtalari, shuningdek granatadan himoyalanish uchun xandaqlar ham bor.
“Qurol-aslahalar bog‘i” 2020 yil 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida Prezident Ilhom Aliyev bildirgan taklif asosida barpo etilgan.
Bog‘da urushda halok bo‘lgan yuzlab arman askarlarining dubulg‘alari va Armaniston Qurolli Kuchlarining mumdan yasalgan manekenlari joylashtirilgan.
Bog‘da quyidagi harbiy eksponatlar:
57 ta zirhli texnika;
44 ta artilleriya qurollari;
67 ta avtomobil;
17 ta tirkama;
2 ta Qurol va o‘q-dorilar ko‘rgazmasi joy olgan.
LiveBarchasi