Namanganda o‘qituvchi vazifa bajarmagan o‘quvchilarini sinf oldida izza qildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida uyga berilgan vazifani bajarmagan 1-sinf o‘quvchilarini doskaga chiqarib, ularni izza qilinayotgani aks etgan video tarqaldi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganilgan. 

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-“v” sinf rahbari Shahnoza Madrahimova o‘qish darsi paytida sinfdagi 6 nafar o‘quvchi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani  sababli bunday holat qaytarilmasligi va boshqa o‘quvchilarga saboq bo‘lishi uchun doska oldiga chiqartirib, qolgan o‘quvchilarga “uyat” deb gapirtirib, izza qildirgan. Bu jarayonlarni o‘zi uyali telefoniga tasvirga olib, ikki nafar o‘quvchi ota-onasining Telegram’iga jo‘natgani aniqlangan.

Endilikda sinf rahbari Shahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko‘ra o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun ta’lim muassasasi direktori Oybek Mo‘ydinov, ma’nafiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yashin Abdugofuroflarga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahbuba Imomova jiddiy ogohlantirilgani bildiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Namangan

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing