Ulug‘bek Tursunov eski lavozimiga qaytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2020 yilning sentyabr oyigacha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ulug‘bek Tursunov kecha, 11 fevral kuni yana eski lavozimiga tiklandi. Bu IIBB saytiga joylashtirilgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmoqda. 

Polkovnik Ulug‘bek Tursunov 2020 yilning sentyabr oyida lavozimidan ozod etilgandi. So‘ng uning Ichki ishlar vazirligiga o‘tgani haqida gaplar tarqaldi. Bir muddat sohada ko‘rinish bermagan Tursunov yana avvalgi lavozimiga tiklangan.

O‘tgan davrda esa uning o‘rnini Muhiddin Jo‘rayev egallab kelayotgan edi. Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

Toshkent shahar IIBBda Ulug‘bek Tursunovning 2020 yil sentyabrigacha bo‘lgan faoliyati yaxshi xotiralar bilan eslanishi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum. 

Ulug‘bek Tursunov 1967 yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ichki ishlar organlarida 1989 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida ish boshlagan. 

1989 – 1996 yillarda tergovchi, katta tergovchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

1996 – 2005 yillarda IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i;

2005 – 2010 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB boshlig‘i;

2010 – 2017 yillarda Ichki ishlar vazirligi Bosh inspektor guruhi bosh inspektori;

2017 – 2020 yillarda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Ulug'bek Tursunov

Baholaganlar

1230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made