Qarshiga yangi hokim keldi

Jamiyat

image

Bugun, 7 fevral kuni xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Behzodjon Yusupov Farxodovich 1980 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva lavozimidan ozod etilgandi. U viloyatdagi yagona ayol hokim edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing