Milliy domendagi 289 ta veb-saytda pornografik kontent aniqlandi

Intervyu

image

O‘tgan yili dekabr oyida o‘tkazilgan  monitoring natijasida milliy domen ostidagi 289 ta veb-saytda pornografik kontentlar aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, birgina 2021 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan monitoringning natijasida 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda behayolik va ma’naviyatga zid holatlar aks etgan kontentlar aniqlandi. Ayni bir paytda ularni kuzatuvchi obunachilar soni ham ko‘paymoqda”, deydi senator.

Qolaversa, Farhod Boqiyev bu holatga qarshi kurashish uchun jamoatchilik birgalikda harakat qilishi va oldinda milliy kontentni yaratish masalasi borligini aytdi.

“Bugun nima sababdan bu muammo kun tartibiga chiqdi? Milliy kontentni yaratish masalasi ham yotibdi. Bugun xohlaymizmi, yo‘qmi O‘zbekiston, vazirlik va boshqa tashkilotlar haqida birinchi navbatda “Vikipediya”da ko‘proq ma’lumotlar yaratish kerak. Sababi bu sohada juda ko‘p sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgani bor haqiqat. Negaki, milliy kontentlarning darajasi internet degan bir ummonda juda kam foiz darajasini ko‘rsatyapti. Parlament milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsad qo‘ymoqda”, deydi Boqiyev.

Avvalroq, O‘zbekistonda Facebook’da 4,7 mln, Instagram’da 3,7 mln, Linkedln’da 288 ming, Telegram’da 18 mln, Odnoklassniki’da 16,7 mln, Twitter’da 51,6 ming va Vkontakteda 2,6 mln foydalanuvchi borligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Boqiev. pornografik kontentlar Milliy konten

Baholaganlar

527

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing