IIVning uchta boshqarma boshliqlari yangi departament rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Polkovnik Olim Choriqulovich Saidov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Olim Saidov 2019 yil noyabridan buyon IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Polkovnik Baxtiyor Erkinovich Berdialiyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Baxtiyor  Berdialiyev 2019 yil noyabridan buyon IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Podpolkovnik Davron Abdug‘aniyevich Azizov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Davron Azizov 2019 yil yozidan buyon IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Amanbay Tleubayevich Orinbayev IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Orinbayev 2020 yil fevralidan buyon IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 30 noyabrda O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolanib, Jamoat xavfsizligi departamentining vazifalari belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing