Sibirni “o‘zbeklar yurti” deb atagan deputat lavozimidan voz kechdi 

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugi dumasining Kommunistik partiyadan saylangan deputati Xolid Tagi-Zade Sibir o‘lkasi o‘zbeklarning tarixiy maskani ekanini aytgandi. U ushbu gapi noroziliklarga sabab bo‘lgani uchun muddatidan ilgari vakolatidan voz kechdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Xolid Tagi-Zadening so‘zlari jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Avvaliga u ekstremizmda gumon qilinib tekshiruvga tortilgan, so‘ngra esa maosh to‘lanadigan lavozimidan chetlashtirilgan. Biroq prokuratura ham, Ichki ishlar vazirligi ham uning so‘zlarida jinoyat alomatlarini aniqlamagan. Siyosatshunoslarning fikricha, Tagi-Zade migratsiyaga qarshi umumiy kayfiyat fonida “yo‘lni yo‘qotgan”. 

Ma’lumot uchun, Xolid Tagi-Zade 1978 yil 15 noyabrda Ozarbayjon SSRning Sumgait shahrida tug‘ilgan. Millati – ozarbayjon. U 2001 yilda Sibir federal universitetini “kriminalistik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, kimyochi mutaxassisligiga ega bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida S.A. Reshetnyov nomidagi Sibir aero-kosmik akademiyasi harbiy fakultetida ham tahsil olgan. 

U 2019 yildan 2021 yilgacha Megion shahar Dumasining oltinchi va yettinchi chaqiriqlari deputati, Megion shahar Dumasidagi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi fraksiyasi rahbari, 2021 yildan beri esa Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi – yettinchi chaqiriq Ugra deputati sifatida ishlab kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Xolid Tagi-Zade may oyidagi parlament majlisida Yugrada migrantlar orasida tug‘ilish ko‘rsatkichi ortgani muhokama qilinayotganida Xanti-Mansiysk va Tyumen viloyatining bir qismini “tarixan Sibir xonligi” deb atagan edi. U mintaqada Ko‘chum Xon hukmronlik qilganini, u Buxoro xonligidan chiqqan Shayboniylar sulolasining vakili – o‘zbek sulolasidan ekanini aytgan.

Uning bu bayonoti Kommunistik partiya, Liberal-demokratik partiya va “Yagona Rossiya” partiyalarining Davlat dumasidagi deputatlari e’tiborini tortgan va ular Federal xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuraturani Tagi-Zadeni tekshirishga chaqirgan. Shundan so‘ng, XMAO dumasi uni ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimidan ham chetlatgan. Spiker Xoxryakov esa, agar huquqiy asos topilsa, uning deputatlik vakolatidan butunlay mahrum qilish masalasi ham ko‘rib chiqilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sibir Xolid Tagi-Zade Xanti-Mansiysk o'zbeklar yurti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing