Akayev yana Milliy xavfsizlikka so‘roqqa chaqirildi

Olam

image

Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti Asqar Akayev yana “Qumtor” oltin koni ishi bo‘yicha Bishkekka uchib ketdi. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh vazirining sobiq apparat rahbari, Akayevning safdoshi Bekbolot Talgarbekov ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, sobiq davlat rahbari mamlakatda ikki-uch kun qoladi. 

“Hech kim uni so‘roqqa chaqirmagan. Uning o‘zi “Qumtor”dagi ishlarni yakunlash uchun kelgan, chunki oxirgi marta vaqti bo‘lmagan. Hozir u dam olmoqda, ertaga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga boradi”,  deydi Bekbolot Talgarbekov. 

Moskvadan uchgan samolyot bugun, 14 dekabr kuni kuni Manas aeroportiga qo‘ndi. Akayevga o‘g‘li Ilim hamrohlik qilmoqda.  

Akayev avgust oyida Qirg‘izistonga kelgan edi. Sobiq prezident Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi so‘roqdan so‘ng tergov bilan kelishuvga erishdi va aybiga iqror bo‘ldi. Tashrifidan bir necha kun o‘tar-o‘tmas Kemin tumanidagi kichik uyiga, Talasdagi qaynonasinikiga borishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tergovdan so‘ng u Prezident Sadir Japarov bilan uchrashgandi. Uchrashuvdan so‘ng, Asqar Akayev matbuot anjumanida Qirg‘iziston Prezidentiga “hamma narsani aytib berish” imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan. 8 avgust kuni esa Akayev mamlakatni tark etgan.

Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin koni bilan bog‘liq to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ulardan biri – ekologiya masalalari bo‘yicha kon kompaniyasi rahbarlariga qarshi, qolgan uchtasi – korrupsiya faktlari bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing