NASA'ning kosmik kemasi Quyoshga “tegdi”
Texnologiya
−
15 dekabr 2021 22968 1 daqiqa
AQSHning Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasining (NASA) "Parker" zondi Quyoshning yuqori atmosferasi – quyosh tojiga kirgan birinchi kosmik kema bo‘ldi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 avgust kuni AQSHning Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) fazoga "Parker" zondini Quyoshga yetkazishi kerak bo‘lgan Delta IV Heavy raketasini uchirgan.
Shu tariqa "Parker" Quyoshning yuqori atmosferasiga kirgan birinchi kosmik kema bo‘lgan. Qurilma u yerda zarra namunalarini to‘plagan va magnit maydonlarni o‘lchagan.
Zond Quyosh yuzasiga taxminan 15 quyosh radiusi (deyarli 10,5 million kilometr) masofada yaqinlashgan. "Parker" zondi 2018 yilda ishga tushirilgan. U 1300 daraja haroratga chidamli bo‘lib, quyosh toji va quyosh shamolini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
"Parker" zondi dunyoda birinchilardan bo‘lib quyosh shamolini o‘rgangan amerikalik astrofizik Yevgeniy Parker sharafiga nomlangan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, yetti yilga mo‘ljallangan missiya davomida zond yulduz atrofida 24 marta aylanib, unga 6,1 million kilometr masofada yaqinlashadi.
Amaldagi rekord 1976 yilda Quyoshdan 43,4 million kilometr uzoqlikda uchgan nemis-amerika hamkorligidagi Helios-2 zondiga tegishli.
Xabarga ko‘ra, ilgari kosmik apparatlar Quyoshga yaqinlasha olmagan, chunki texnologiya ularni yetarli darajada issiqlik muhofazasi bilan ta’minlashga imkon bo‘lmagan.

Live
Barchasi