Gulnora Karimovaning qizi buvisi bilan topishib, Oqsaroyga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi,  Gulnora Karimovaning qizi Imon buvisi Tatyana Karimova bilan Oqsaroyda tushgan suratlarini e’lon qildi.

“Kelajakda “Oqsaroy” muzey sifatida ochiladi. Shunda barcha xohlovchilar tashrif buyurib, muzeyni ko‘rishi mumkin”, deya izoh qoldirgan Imon Karimova.

Avvalroq Imon Karimova O‘zbekistonga qaytib, bobosi Islom Karimovning qabrini ziyorat qilgandi. U Samarqandga arab millatiga mansub sevgilisi bilan borgan.

Ma’lumot uchun, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh.

Oila farzandlari o‘rtasida munosabatlar ham ko‘ngildagidek emas. Xususan, Lola Karimova 2013 yilda xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida opasi Gulnora Karimova bilan 12 yildirki munosabatlari yaxshi emasligini aytgan.

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov esa 2016 yilda OAVga intervyu berib, onasi va xolasi Lola Karimova o‘rtasidagi ziddiyatlarda marhum bobosini ayblagandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing