Ayolini kamsitadigan erkak insonlarning eng baxtsizidir — G‘ulomiddin domla Ergashev

Intervyu

O‘z ayolini xor-zor qilib kamsitadigan, aldab ketadigan, xiyonat
qiladigan, sadoqat vafoni unutib, ayollar sha’nini
bulg‘aydigan, ayollar sha’niga behuda tuhmatlar
qiladigan erkak zoti erkaklarning eng zolimidir.

G‘ulomiddin domla Ergashev

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum va rahmatullohu va borakatuh. Bundan 1450 yil avval Qur’on nozil bo‘lmasdan, payg‘ambarimiz janob rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolodan rasullik – elchilik, payg‘ambarlik maqomini olmasdan avvalgi davrni johiliyat davri deyiladi. Ayollar shunchalik xor qilinganki, uni tariflashning iloji yo‘q. Bir oilada qiz farzand dunyoga kelsa, or-nomus deb, uni tiriklayin ko‘mishgan. Buyuk sahobalardan birlari bir nechtalab qizlarini tirklayn ko‘mgan ekanlar. Er vafot etsa, uning mol-mulklari meros tariqasida, qarindoshlariga bo‘lib berilgan. Ayollar meros olish haqqiga ham ega bo‘lishmagan. Ular cho‘ri, joriyalar sifatida foydalanilgan va sotilgan. Alhamdulillah Islom ayollarga insoniylik maqomini berdi.

Payg‘ambarimiz rasululloh (s.a.v) shunday deganlar: “Ey ummatlarim, ayollar siz bilan barobardir, ular sizdandir, ayollar ham insondir”.

Islom bilan ayollar o‘zlarini haqiqiy izzati, azizligi, sharafiyu mukarramligiga erishganlar. Rasulimiz “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, “Onalarni hurmat, izzat qilgan boshida ko‘targanlar” jannatga kiradi deganlar. Chunki har bir ayol onadir.

Ayrim vaziyatlarda ba’zi ayollar o‘zlarini-o‘zlari xor qilishyapti, kamsitishyapti. Aslida dinimiz ayollar sha’nini yuksaklikka ko‘targan. Payg‘ambarimiz rasululloh (s.a.v) shunday deganlar: “Ey Allohning bandalari, yer yuzidagi Alloh yaratgan barcha maxluqotiga, borliq jonzotiga rahm qiling. Kim rahm qilmasa, yaratgan qiyomatda u bandasiga ham rahm qilmaydi”.

Ayol zotini e’zoz qiladigan erkak haqiqiy, chin erkak bo‘ladi. Erkaklarning eng zo‘ri, eng mardi, eng yaxshisi bo‘ladi. Ayolini hurmat, izzat qiladigan erkakka dunyodagi barcha yaxshi sifatlar berilsa ham kam. O‘z ayolini xor-zor qilib kamsitadigan, aldab ketadigan, hiyonat qiladigan, sadoqat va vafoni unutib, ayollar sha’nini bulg‘aydigan, ayollar sha’niga behuda tuhmatlar qiladigan erkak zoti erkaklarning eng zolimidir. Insonlarning eng badbaxti, eng baxtsizidir. Bu insonga erkaklik nomi ham loyiq emas. Shuning uchun, musulmon odam, o‘zbek degan boshida do‘ppisi, belida belbog‘i bor erkakka barcha ayollarni hurmat, izzat qilish dinimizning majburiyatidir.

Payg‘ambarimiz, janobi rasululloh (s.a.v)har biringiz o‘z ahli ayolingiz haqida Alloh oldida so‘ralasiz” deganlar. Ularga zulm qilsak, ular haqidagi tuhmat-u yolg‘onlarni gapiradigan bo‘lsak, Allohni oldida, albatta, buning hisob kitobi bor. Hudodan qo‘rqish kerak.

Ayollarga iltimos qilaman. Hech qachon ayollikning sharafini yo‘qotmang. Onalik sha’niga dog‘ tushirmang. Hayo, or-nomus, izzat-sharafingiz bo‘lsin. Xiyonatlardan, behayoliklardan doimo uzoq bo‘ling. Chunki siz ayolsiz, maqomingizni unutmang. Alloh taolo hammangizga saodatli sharafli, or-nomusli, chin, aziz nomga sohib bo‘lgan ayollikni nasib qilsin.

 

G‘ulomiddin domla Ergashev “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi imom-xatibi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ayollar Payg'ambarimiz janobi rasululloh (s.a.v)

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing