Katta pul evaziga ham borib bo‘lmaydigan 5 ta hudud haqida bilasizmi?

Bu qiziq

image

XX va XXI asrlarda ilm-fan misl ko‘rilmagan darajada rivojlanib, inson qadam Oyga yetdi. Fazoga ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlar uchirilib, Yerning istalgan joyini Internet orqali tomosha qilish mumkin bo‘ldi. Bir qarashda Yer yuzida uchib, yurib yoki suzib borish mumkin bo‘lmagan joylar qolmagan.

Biroq dunyoda texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, insonlar qanchalik serdavlat bo‘lmasin borish mumkin bo‘lmagan va hatto, taqiqlangan joylar bor. Ularni faqat suratlarda ko‘rish mumkin, xolos. Bugun sizga borish taqiqlangan hududlar haqida hikoya qilamiz.

Morgan oroli

Morgan oroli Amerikaning Janubiy Karolina shtatida joylashgan. Bugungi kunda bu orolga borishning iloji yo‘q, hatto milliardlab pulingiz bo‘lsa ham. Chunki orolda gerpes bilan kasallangan 5 mingga yaqin maymun yashaydi. 

Ushbu virusli kasallik bilan tananing terisi va shilliq pardalarida pufakchalar paydo bo‘ladi, ular qichishadi va og‘riq beradi. Kasallik juda yuqumli va davolashning iloji yo‘q. Bu yerga tadqiqot uchun faqat tibbiyot markazlari xodimlari tashrif buyurishi mumkin. Oddiy odamlar uchun esa yo‘l yopiq.

Lasko g‘ori

Lasko g‘ori Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan va devorlaridan 17 ming yil avval chizilgan rasmlar topilgan. Mazkur g‘or o‘zida qadimiy san’atning 900 ta namunasini saqlaydi. Hozirda ushbu ob’ekt muhim paleolit asarlaridan biri hisoblanadi va uni “Qadimiy hayotning Sikstin kapellasi” deb atashadi. 

1963 yildan beri bu g‘orga kirish taqiqlangan. Chunki turistlar sababli g‘orda karbonat angidrid gazi paydo bo‘lgan. Oqibatda devordagi rasmlar eroziyalana boshlagan. Hozirgi kunda g‘or omma uchun yopiq. Har ikki haftada maxsus guruh kelib, devorlarni zamburug‘lardan tozalaydi.

Keymada-Grandi

Keymada-Grandi oroli Braziliyadan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Butun dunyo bo‘yicha faqatgina shu yerda eng xavfli ilonturi yashaydi – orol botropsi. Ushbu ilonning zaxri odam terisi va badanini eritib yuboradi. Kimda kim tavakkal qilib shu orolga bormoqchi bo‘lsa – o‘z hayoti bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Braziliya hukumati xavfsizlikni o‘ylab Keymada-Grandiga borishni ta’qiqlab qo‘ygan. 

Sentinil oroli

Sentinil oroli Tailand yaqinida joylashgan bo‘lib, 60 ming yil davomida sivilizatsiyadan uzoqda yashagan xavfli aborigenlarning vatani hisoblanadi. Ikki sababga ko‘ra bu orolga borishga ruxsat berilmaydi. Birinchidan, aborigenlar begona har qanday odamga o‘q bilan hujum qiladi va deyarli har doim o‘ldiradi. Ikkinchidan, ular mahalliy aholiga ular immuniteti moslashmagan kasalliklarni yuqtirishi mumkin.

Bogimian daraxtzori

Bogimian bog‘i – bu Kaliforniyaning Monte-Rio shahridagi 11 kvadrat kilometrlik xususiy hudud. Bog‘ San-Fransiskodagi “Bohemian Club” deb nomlanuvchi xususiy klubga tegishli. Bu yerga borish uchun faqat klub a’zolariga ruxsat beriladi. 1899 yildan beri har iyul oyida dunyodagi eng nufuzli odamlar bu yerga kelishadi. 

“Bohemian Club”ning doimiy a’zolari jurnalistlar, rassomlar, musiqachilar, shuningdek, yuqori darajadagi biznes rahbarlari va hukumat amaldorlari hisoblanadi. Klubga a’zo bo‘lishni xohlaydiganlar taxminan 15 yil navbat kutishi kerak. Bogimian bog‘iga klub a’zolaridan tashqari, ular taklif qilgan mehmonlar ham kirishi mumkin. Albatta ular qattiq tekshiruvlardan o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2938

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing