O‘zbekiston qidirayotgan “Hizb ut-Tahrir” yetakchisi Qirg‘izistonda ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvga berilgan fuqaro Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida qo‘lga tushdi. U “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining yetakchisi bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yashirin ekstremistik tarmoqni tashkil etishda gumonlanayotgan Sh.Sh. joriy yilning 4 noyabr kuni qo‘lga olingan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, u ekstremistik guruhning O‘zbekistondagi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan. Sh.Sh. Qirg‘izistonda qalbaki hujjat bilan yashirinib yurgan.

Xabarga ko‘ra, Sh.Sh. Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasi bilan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro terroristik tashkilotga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan, 26 yoshli S.S. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan edi. 

Shuningdek, 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

933

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing