Sariosiyo o‘quvchilari ham ona tili, ham matematik savodxonlikda “lider” deb topildi

Bu qiziq

image

2020 yil yakuni bo‘yicha ona tili savodxonligidan Sariosiyo tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri 96,3 foiz bilan, matematik savodxonlik bo‘yicha esa Sariosiyo tumani 94,7 foiz bilan respublikada yetakchilik qilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumanidan xabar berdi.

Ona tili savodxonligidan (tinglab yozish bo‘yicha) Sariosiyo tumani (96,3 foiz) va Kattaqo‘rg‘on shahri (96,3 foiz) 1-o‘rinni, Qiziltepa tumani (96,1 foiz) 2-o‘rinni, Uchquduq (95,4 foiz) va Qorao‘zak (95,1 foiz) tumanlari 3-o‘rinni band etishgan bo‘lsa, Nurafshon shahri, Yangiyo‘l va Chiroqchi tumanlari oxirgi o‘rinlarni egallashdi. 

Ma’lumot uchun, ona tili savodxonligidan (tinglab yozish bo‘yicha) nazorat ishlarida 41 605 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 21 968 nafari (52,8 foiz) ijobiy natija qayd etdi. 

O‘tgan o‘quv yilida matematik savodxonlik bo‘yicha Sariosiyo tumani (94,7 foiz) 1-o‘rin, Guliston tumani (54,4 foiz) 2-o‘rin, Arnasoy (52,8 foiz) va Qiziltepa (52,8 foiz) tumanlari 3-o‘rinni egalladi.

Bu borada Marg‘ilon shahri va Bektemir tumani o‘quvchilari eng past natija ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, matematik savodxonlik bo‘yicha 41 311 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 7 814 nafari (18,9 foiz) ijobiy natija qayd etishdi. O‘tgan yilga nisbatan matematik savodxonlik darajasi 7 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri umumta’lim maktablarida berilayotgan ta’lim sifati bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egalladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari esa eng quyidan joy oldi.

Shuningdek, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi bo‘yicha ham Navoiy shahri birinchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, umumta’lim maktablari reytingi bo‘yicha salbiy ko‘rsatkichlar ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (391 ta), Toshkent (144 ta) va Namangan viloyatlari (97 ta)da qayd etilgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing