11 ta hududda elektr ta’minoti to‘liq tiklanmagan – Energetika vazirligi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022 11825 2 daqiqa
Bugun, 26 yanvar kuni soat 13:00 holatiga O‘zbekistonning 11 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklanmaganligicha qolmoqda. Bu haqda Energetika vazirligining Elektr energiyasini ishlab chiqarish boshqarmasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Respublika hududlarida elektr ta’minoti bilan bog‘lik holat yuzasidan ma’lumot:
Qorakalpog‘iston Respublikasi – barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud.
Andijon viloyati – Andijon shahar 70%, Xonobod 100%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr ta’minoti mavjud.
Buxoro viloyati – Vobkent, Shofirkon tumanlari 20%, Qorako‘l tumani 80%, G‘ijduvon tumani 5%, Olot, Jondor, Romiton, Peshku, Qoravulbozor, Kogon, Buxoro tumanlari 100%, Buxoro, Kogon shaharlari 100% elektr ta’minoti mavjud.
Jizzax viloyati – Barcha shahar va tumanlar markazlari va asosiy tibbiyot muassasalariga 5% elektr ta’minoti berilgan.
Kashqadaryo viloyati – Qarshi shahar 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 5% elektr ta’minoti mavjud.
Navoiy viloyati – Nurota, Xatirchi tumanlari 70%, Karmana, Qiziltepa, Navbaxor tumanlari 80%, Zarafshon, Uchquduq shaharlari 95%, Konimex, Tomdi tumanlari 100%, Navoiy shahar 100% elektr ta’minoti mavjud
Namangan viloyati – Namangan shaxri 75%, Mingbuloq tumani 70%, Kosonsoy tumani 65%, Norin tumani 75% Pop tumani 60%, To‘raqo‘rg‘on tumani 60%, Uychi tumani 70%, Uchqo‘rg‘on tumani 75%, Chortok tumani 30%, Chust tumani 70%, Yangiqo‘rg‘on tumani 75%, Namangan tumani 75% elektr ta’minoti mavjud
Samarqand viloyati – Narpay tumani 30%, Samarqand tuman 60%, Kattaqo‘rg‘on tumani 10%, Kattaqo‘rg‘on shahri 50%, Samarqand shaxar 90% elektr ta’minoti mavjud
Surxondaryo viloyati – Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 %, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70 %, Sherobod tumani 15%, Oltinsoy tumani 70%, Sho‘rchi, Boysun, qumqo‘rg‘on tumanlari 10%, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon tumanlari 5% elektr mavjud.
Sirdaryo viloyati – Sayxunobod 68%, qolgan tuman va shaharlarda 100% elektr ta’minoti mavjud ta’minoti mavjud
Toshkent viloyati – Angren shahar 10%, Bekobod shahar 40%, Narafshon shahar 50%, Olmaliq shahar 60%, Chirchiq 50%, Ohangaron shahar 50 %, Bekobod tuman 40%, Bo‘stonlik tumani 40%, Zangiota tumani 40 %, Qibray tumani 60%, Ohangaron tumani 50 %, Parkent tumani 70%, Toshkent tumani 60 %, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 70%, Chinoz 10%, Yangiyo‘l tuman 5% elektr ta’minotiga ulangan.
Farg‘ona viloyati – Dang‘ara tumani 50%, Farg‘ona tumani 70%, O‘zbekiston tumani 50%, Rishton tumani 50%, Buvayda tumani 40%, Qo‘qon shahar 100%, Toshloq tumani 50%, Marg‘ilon shahar 50%, Qo‘shtepa tumani 40%, Bog‘dod tumani 50%, Oltariq tumani 50%, qolgan tuman va shaharlarida 100% elektr ta’minoti mavjud.
Xorazm viloyati – barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud.
Toshkent shahri – barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud
Avvalroq, Energetika vazirligi elektrda uzilishlar bo‘lishidan ogohlantirgandi. Bunga tizimdagi nosozlik sabab gaz ishlab chiqarish kamaygani, bu o‘z navbatida issiqlik elektr stansiyalari ishiga ta’sir qilgani aytilgandi.
Live
Barchasi