Moskva metrosi o‘zbek va tojik tillarini biladigan xodimlarni yollashni boshladi

Bu qiziq

image

Moskva metropoliteni “Headhunter” ish qidirish portalida o‘zbek yoki tojik tillarini biladigan kassir vakansiyasini e’lon qildi. Bu haqda rus OAV yozmoqda

Qayd etilishicha, kassirlarga 39 ming rubl miqdorida ish haqi taklif qilingan. Shu bilan birga, ish izlovchidan o‘rta ma’lumotga va pul bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish hamda tojik yoki o‘zbek tilini bilish talab qilinadi.

Kassir vazifalariga yo‘l chiptalari, transport kartalari va boshqa sayohat chiptalarini rasmiylashtirish va sotish, chiptalarni sotish avtomatlariga xizmat ko‘rsatish hamda yo‘lovchilarga maslahat berish kiradi.

Moskva metropolitenida ishlashning afzalliklari orasida quyidagilar ko‘rsatilgan: Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga joylashish va ishlash, metropolitenda bepul sayohat, yashash joyidan ish joyiga va orqaga temir yo‘llarda bepul sayohat, to‘liq kalendar yilidagi ish natijalariga ko‘ra bonuslar, ish staji uchun qo‘shimcha haq, metro hisobidan professional ma’lumot olish imkoniyati, metro sog‘liqni saqlash majmuasida, bolalar sog‘lomlashtirish lagerida va bolalar klubida dam olish uchun imtiyozlar.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘lovchilar uchun ko‘rsatmalar paydo bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing