Avvalgi saylovlarda uyalib qolganmiz – Norboyeva

Jamiyat

image

Oldingi prezidentlik  saylovlarida ishtirok etgan nomzodlarning dasturi deyarli bir xil bo‘lgan. Bu xaqda bugun, 18 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ochiq muloqot davomida aytib o‘tdi va nomzodlarning gapidan xalqaro kuzatuvchilar oldida uyalganini yodga oldi.

“Men avvalgi saylovlarda qatnashganman. Hattoki uyalib ketardim. Har bir partiyadan beshta kuzatuvchi o‘tirardi, biz esa xalqaro kuzatuvchilarni olib yurardik. Kuzatuvchilar partiya vakillaridan partiyaning maqsadini so‘rashganda hamma partiyalar deyarli bir xil gap aytishardi. Partiyalarning maqsadi bir-biridan farqli emasdi. Hamma partiyalar bitta gapni boshqacha so‘zlar bilan aytishardi. Lekin, bugungi saylovda partiyalar ko‘rsatayotgan dasturlar, talablar butkul boshqacha”, deydi Norboyeva.

Senat raisi so‘zida davom etarkan bugun partiyalarning hammasi bir-biridan keskin farq qilishini ta’kidladi. Xotin qizlar ham har bir partiyadan o‘zlarining manfaatlarini topishlari mumkin. XDPdan ijtimoiy himoya, “Adolat” SDPdan qonun ustuvorligi va boshqalar, deydi Norboyeva.

Senat raisi saylov jarayonida ayollarning o‘rni va ularning roli haqida gapirarkan, jamiyatda ayollar faolligiga to‘xtalib, ular ham saylovchi, ham prezidentlikka nomzod ekani, saylov komissiyalarining 50 foizini ayollar tashkil qilishini alohida ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva saylov ayollar

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing