Hujjatlarsiz va pulsiz: Nyushani Barselonada tunab ketishdi

Madaniyat-san’at

image

O‘g‘rilar Nyusha taxallusi bilan mushhar bo‘lgan xonanda Anna Shurochkinani Ispaniyada tunab ketishdi. Bu haqda Nyushaning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, hodisa Barselonada yuz bergan. U yerda 31 yoshli mashhur xonanda oilasi bilan ta’tilni o‘tkazayotgan bo‘lgan. 

Pop qo‘shiqchisining so‘zlariga ko‘ra, ular ijaraga olingan avtomobilni to‘xtash joyida qoldirib, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun ketgan.

Rossiyalik sayyohlar qaytib kelishganida mashinadan barcha shaxsiy buyumlar o‘g‘irlab ketilganiga guvoh bo‘lishgan.

“Mashinaning oynasi sindirilgani va bagaj bo‘shligiga ko‘zimiz tushdi. Xaltalar, pullar, hujjatlar bor edi. Ko‘pincha hujjatlarni yaqin atrofdagi butalarga tashlab ketishadi, lekin bu safar hujjatlarimizni topa olmadik. Shuning uchun konsullik bilan bog‘lanishga majbur bo‘ldik”, deydi Nyusha.

Konsullikda xonanda va uning oilasiga vaqtinchalik hujjat qilib berilgan. 

“Men bunday narsalarga falsafiy yondashaman. Nega bunday narsalar sodir bo‘lishini bilmaymiz. Ularni faqat qabul qilish kerak”, deya yakunladi xonanda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

466

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing