Vazir Abduhakimov boshchiligidagi velokortej 4 km masofani bosib o‘tdi (fotoreportaj)

Jamiyat

3333333333333

Hafta davomida ishlagan ko‘pchilik odamlar dam olish kunini oila davrasida o‘tkazishni, televizor ko‘rib, madaniy hordiq olishni yoki kun bo‘yi shunchaki hech nima qilmaslikni ma’qul ko‘rishadi. Aynan shu kabi holatlar, ya’ni o‘z vaqtida dam olmaslik, ko‘p uxlash yoki kamharakatlilik bugun bir qator dunyo mamlakatlari aholisi aziyat chekayotgan kasallik – ortiqcha vazn yig‘ishga olib keladi. Semizlik o‘z navbatida yurak qon-tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi esa fanda, allaqachon, isbotlangan. Ushbu kasallikka chalinmaslik uchun, albatta, muntazam sport bilan shug‘ullanish yoki har kuni hech bo‘lmaganda 10 ming qadam yurish zarur.

Bugun, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbir davomida fuqarolarning bo‘sh paytlarida piyoda yurishlari, bu nafaqat ularning sog‘lig‘i uchun, balki ekologiyaga ham foydasi borligi: avtomobildan chiqadigan zaharli gazlar miqdori kamaytirilishi targ‘ib qilindi. 

Tadbir davomida Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov esa davlat idoralari va mahalliy organlar rahbarlarini ham shaxsiy namuna ko‘rsatishga chorladi. Shundan so‘ng, Abduhakimov boshchiligidagi velokortej vazirlik binosidan 4 km masofa bosib o‘tib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy Eko bog‘iga yetib keldi. Bu yerda ham 2 km masofa piyoda bosib o‘tildi va umumiy hisobda 6 kmli finish “zabt etildi”. 

QALAMPIR.UZ esa jarayonni kamera ob’ektiviga muhrladi. Quyida tadbirdan olingan eksklyuziv suratlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Xalqaro avtomobilsiz kun” doirasida davlat idoralari va mahalliy organlar rahbarlarini hech bo‘lmasa yilda bir martda avtomobilda harakatlanmasdan, ishga velosiped yoki piyoda kelishga chaqirgandi. 

Bunga javob tariqasida bugun Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan ishxonasigacha 8,5 km masofani piyoda bosib o‘tgan. U piyoda yurish jarayonini o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali onlayn translyatsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing